Sirdaryoda taekvon-do ITF boʻyicha Oʻzbekiston kubogi boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 19-20-dekabr kunlari Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida taekvon-do ITF boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslari boʻlib oʻtadi.

Mazkur musobaqa qora belbogʻlik yoshlar, oʻsmirlar va kattalar massagi yoʻnalishida 7 yoshdan 39 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida oʻtkaziladi.

Ushbu musobaqadan koʻzlangan asosiy maqsad – 2021-yilda Xitoyda oʻtkazilishi rejalashtirilgan XXII jahon chempionatida ishtirok etuvchi milliy terma jamoa tarkibini yana bir bor koʻrikdan oʻtkazish, jamoa tarkibiga yangi tajribali sportchilarni jalb etishdan iborat.Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *