
2004-2005-yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasidagi oʻtkazilayotgan chempionat bahslarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan tashrif buyurgan 140 nafarda ortiq sportchi-yoshlar gʻoliblik uchun bellashmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020-yilgi ommaviy sport tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq tashkil etilayotgan mazkur chempionatga Sirdaryo viloyati Guliston tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi mezbonlik qilmoqda.
Musobaqa aylanma shaklda 3 guruhga boʻlingan holda oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston chempionati bahslari joriy yilning 30-noyabr kuniga qadar davom etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati