Soʻxda sport musobaqasi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF–6099-sonli “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Milliy gvardiya hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi birgalikda qoʻshma qarori qabul qilingan.

Unga koʻra, mamlakatimizda aholi orasida jismoniy tarbiya ommaviy sportni keng tatbiq etishga qaratilgan qoʻshma qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Soʻx tumanida sport tadbirlari oʻtkazildi.

Jumladan, tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi, tuman hokimligi hamda qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumanda faoliyat olib borayotgan barcha tashkilot, korxona va muassasa xodimlari oʻrtasida mini futbol boʻyicha “Hokim kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqada 18 ta jamoa ishtirok etdi. Turnir yakuniga koʻra, ishtirok etgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *