Soʻxliklar oʻz salomatliklari yoʻlida 5 000 qadam yurishdi

Kecha Fargʻona viloyatining Sӯx tumani aholisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida ommaviy badantarbiya va yurish tadbirlarida ishtirok etishdi.

Tadbirda sektor rahbarlaridan Soʻx tumani hokimi S.Sayidmusayev, tuman prokurori F.Abduvaliyev hamda tuman IIB boshligʻi, polkovnik B.Rahimberdiyev, tumandagi davlat tashkilotlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi, xalq taʼlimi boʻlimi, maktabgacha taʼlim boʻlimi, bolalar-oʻsmirlar sport maktabi, “Vatanparvar” tashkiloti ishchi-xodimlari faol qatnashishdi.

Eʼtiborli jihati, mazkur salomatlik aksiyasida tuman hokimining “shaxsiy namuna” sifatidagi ishtiroki qolganlarni ham oʻz salomatligi haqida jiddiy qaygʻurishga undaydi.

Ishtirokchilar dastlab ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishdi. Soʻngra “Salomatlik uchun 5 000 qadam” shiori ostida qariyb 5 kilometr masofani yurib oʻtishdi. Ushbu ommaviy tadbirda Soʻx tumanining 2 000 nafardan ziyod aholisi ishtirok etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *