“SPARK” minishni istaysanmi, shaxmat o‘yna!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Esports Uzbekistan federatsiyasi hamda Sport Luxury Event Promotion bilan hamkorlikda joriy yil 20 iyuldan shaxmat bo‘yicha onlayn O‘zbekiston musobaqasini o‘tkazmoqda.

“Uyda qol va g‘alaba qozon!” shiori ostida o‘tayotgan musobaqaning shu kungacha uchta saralash bosqichi yakuniga yetib, natijalarga ko‘ra 300 nafar havaskor shaxmatchi joriy yil 20 dekabr kuni Toshkentda o‘tkaziladigan GRAND FINAL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Oldinda esa yana ikkita tur bor va uning yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha 200 nafar shaxmatchi GRAND FINAL yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin. Shunday ekan, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Darhol ro‘yxatdan o‘ting, shaxmat o‘ynang va GRAND FINAL ishtirokchisiga aylaning!

Eslatib o‘tamiz, shaxmat bo‘yicha onlayn O‘zbekiston musobaqasining mutloq g‘olibi “SPARK” avtomobilini qo‘lga kiritadi.

Mashina minishni istasangiz, shaxmat o‘ynang, g‘olib bo‘ling va “SPARK” avtomobili sohibiga aylaning!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *