Stol tennisi: Toshkent viloyatida kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boshlandi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur chempionatda 120 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Bugun mamlakat birinchiligining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari S.Nizomov, Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi R.Shoabdurahmonov va tuman hokimi U.Atemov qatnashib, mamlakatimizda yoshlar oʻrtasida Olimpiya sport turlarini yana-da ommalashtirish, jumladan stol tennisi boʻyicha mahoratli sportchilarni kamol topishlari uchun bir qator imkoniyatlar yaratilayotganiga alohida toʻxtalib oʻtishdi.

Shuningdek, tadbir davomida Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi S.Mahmudova tomonidan tuman hokimi U.Atemovga bugungi kunda soha faoliyatini rivojlantirish uchun qoʻshgan hissasi uchun tashakkurnoma taqdim etildi.

Tantanali ochilish marosimidan soʻng, musobaqa ishtirokchilari qizgʻin bahslarga kirishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *