SURXON VOHASI MAMLAKAT BIRINCHILIGIGA MEZBONLIK QILADI

Joriy yilning 5-8-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Kurash boʻyicha 2003-2004-yilda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan iqtidorli kurashchilar bosh sovrin uchun gilamda kuch sinashadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020-yil 4-noyabrdagi 1284-sonli buyrugʻiga asosan tashkil etilayotgan Kurash bahslarini kurash muxlislari anchadan beri intiqlik bilan kutishmoqda edi.

Qayd etish joiz, kurash boʻyicha mamlakat birinchiligi mazkur Vazirlikning 2020-yil 9-iyundagi 681-sonli “COVID-I9 pandemiyasi davrida hududlarda sport tyrlari boʻyicha mashgʻylotlar, musobaqalar hamda oʻquv-mashgʻylot yigʻinlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi talablari asosida tashkil etiladi.Jismoniy tarbiya va sport vazirligimatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *