Taekvon-do ITF boʻyicha Oʻzbekiston kubogi yakunlandi

Sirdaryo viloyati taekvon-do ITF boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslariga mezbonlik qilishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu musobaqa 19-20-dekabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Sirdaryo viloyatidagi Guliston shahar Olimpiya zaxiralari sport majmuasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston kubogi bahslari oʻz yakuniga yetdi.

Musobaqa yakunlariga koʻra umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni mezbonlar Sirdaryo viloyati sportchilari qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni esa Toshkent viloyati jamoasi, Buxoro viloyati uchinchi oʻringa munosib koʻrilgan boʻlsa, faxrli toʻrtinchi oʻrinni Toshkent shahri qoʻlga kiritdi.

Ushbu musobaqadan koʻzlangan asosiy maqsad – 2021-yilda Xitoyda oʻtkazilishi rejalashtirilgan XXII jahon chempionatida ishtirok etuvchi milliy terma jamoa tarkibini yana bir bor koʻrikdan oʻtkazish, jamoa tarkibiga yangi tajribali sportchilarni jalb etishdan iborat.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *