Taekvondo ITF bo‘yicha onlayn O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 23-28 sentyabr kunlari taekvondo ITF bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida jamoaviy tul, seldefens va maxsus texnika bo‘yicha onlayn O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu musobaqada ming nafardan ziyod sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad taekvondo ITF bo‘yicha professional ravishda shug‘ullanayotgan sportchilarimizning jismoniy tayyorgarliklarini oshirish va iqtidorli sportchilarni terma jamoa uchun saralash vazifasini o‘tab berdi.

Chempionat yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor deb topilgan sportchilar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi diplomi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Umum jamoa hisobida Buxoro viloyati 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Toshkent viloyati jamoasi 2-o‘ringa munosib ko‘rildi va 3-o‘rin Toshkent shahri hamda 4-o‘rin Sirdaryo viloyati sportchilariga nasib etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *