Taekvondo ITF bo‘yicha onlayn O‘zbekiston chempionatiga start berildi

Avval xabar berganimizdek, shu yil 23-28 sentyabr kunlari taekvondo ITF bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida jamoaviy tul, seldefens va maxsus texnika bo‘yicha onlayn O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada ming nafardan ziyod sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

Onlayn O‘zbekiston chempionati bahslari taekvondo ITF sporti bilan professional darajada shug‘ullanayotgan o‘g‘il-qizlarning jismoniy tayyorgarliklarini yana-da oshirish hamda terma jamoalar uchun iqtidorli sportchilarni saralab olish vazifasini ham o‘taydi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Jismoniy tarbiya va sport vazirligining diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *