
21-23-oktyabr kunlari taekvondo ITFning jamoaviy tul, maxsus texnika va seldefens yoʻnalishlari boʻyicha 7-8 hamda 9-10 yoshli oʻsmirlar oʻrtasida onlayn Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan ushbu musobaqada 500 nafardan ortiq ishtirokchi gʻoliblik uchun kurash olib bordi.

Mazkur musobaqa taekvondo ITF sporti bilan shugʻullanayotgan yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarliklarini yana-da oshirish hamda oʻsmirlar terma jamoasiga iqtidorli sportchilarni saralash vazifasini oʻtab berdi.
Jamoaviy hisobda gʻolib va sovrindorlar:
1. Buxoro viloyati
2. Toshkent viloyati
3. Toshkent shahri
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.



Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati