Taekvondo WT: mamlakat chempionatining dastlabki gʻoliblari maʼlum

Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida taekvondo WT hamda parataekvondo boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi.

Musobaqa taekvondoning pumse hamda kyorugi yoʻnalishlarida tashkil etilib, bir vaqtning oʻzida terma jamoa murabbiylari uchun seleksiya vazifasini ham oʻtab beradi.

Oʻzbekiston chempionati bahslarida mamlakatimizning barcha hududlaridan kyorugi yoʻnalishida 400 nafar, pumse yoʻnalishda esa 300 nafar mahoratli hamda umidli sportchilar gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqada erkaklar 8ta vazn toifasida, qizlar esa 7ta vaznda oʻzaro bellashadi.

Parataekvondo boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida esa 50 nafarga yaqin sportchi -61 hamda -71 kg vazn toifalari dayanga chiqadi.

Oʻzbekiston chempionatining pumse yoʻnalishida ishtirokchilar shaxsiy, juftlik, guruh hamda pumse fristayl yoʻnalishi boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish etadi.

Bugunning oʻzida Oʻzbekiston chempionatining ilk gʻoliblari nomi maʼlum boʻldi. Jumladan, qizlar oʻrtasida -67 kg vazn toifasida mamlakatimizning eng tajribali sportchilaridan biri Nigora Tursunqulovaga teng keladigan raqib topilmadi. Erkaklar oʻrtasida -87 kg vazn toifasida esa Shuhrat Salayev gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Taekvondo WT. Oʻzbekiston chempionati
Erkaklar. – 87 kg
1. Shuhrat Salayev
2. Suhrob Shafiyev
3. Diyor Tuklibayev
3. Abbos Qushboqov

Qizlar. – 67 kg
1. Nigora Tursunqulova
2. Sevinch Shokirova
3. Munira Xoliqulova
3. Asal Bektosheva
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *