Taekvondo WT: Oʻzbekiston chempionatining final janglarini kimlar kuzatib borishdi?

Kecha poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida taekvondo WT boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati yakunlandi.

Musobaqaning soʻnggi kunida ushbu majmuaga tashrif buyurgan faxriy mehmonlarni koʻrib, ochigʻi bu Oʻzbekiston chempionatimi yoki nufuzli xalqaro turnir, degan xayolga borishingiz tabiiy. Demak, oʻzbek taekvondosi bugun barchaning eʼtiborini oʻziga tortmoqda va buning uchun assotsiatsiya rahbariyatiga tasanno deymiz.

Quyida musobaqaning soʻnggi kuni va taqdirlash marosimining yorqin lahzalaridan bahramand boʻling

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Bekzod Musayev sportchilarni qutlamoqda

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov hamda Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov musobaqa gʻolib va sovrindorlarini taqdirlashdi

Oʻzbek boksining yorqin yulduzlari – murabbiy Toʻlqin Qilichev hamda sportchi Isroil Madrimovlar ham shu yerda

Qadrdon doʻstlar yana sport arenasida diydorlashdi

MOQ raisi Rustam Shoabduraxmonov hamda Oʻzbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi rahbari Muxtorxon Toshxodjayev

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *