TAYINLOV: Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrugʻi bilan Xolmatov Komil Turniyazovich Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Komil Xolmatov 1966-yilning 7-mayida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamda Respublika pedagogika ilmiy tekshirish instituti (aspirantura)ni tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasida boshlagan. Soʻngra Respublika Baynalminal madaniyat markazi ish boshqaruvchisi, Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tashkiliy va kadrlar boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti oʻqituvchisi, sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi yoʻriqchi-uslubchisi, 2018-yildan sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori, 2020-yil 1-iyundan esa Suv sporti turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Komil Xolmatovga masʼuliyatli lavozimda omad tilaydi.Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *