Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari sportchilar bilan uchrashdi

Kuni kecha Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari B.Abduvaliyev Mirobod tumanidagi iqtidorli sportchilar va yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Mirobod tumani jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamda Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida tashkil etilgan uchrashuv davomida yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yosh sportchilarning kelajak maqsadlari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda tumanning iqtidorli sportchilari tomonidan xalqaro maydonlarda qoʻlga kiritilgan bir qator yutuqlari boʻyicha savol-javoblar boʻlib oʻtdi. Tadbir yakunida sportchilarga Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmat

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *