Toshkent shahrida ham aholi salomatligini saqlash yoʻlida sport musobaqalar doimiy oʻtkazib kelinmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF–6099-sonli “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash hamda yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida bir qator sport musobaqalari oʻtkazildi.

Kuni kecha poytaxtimizdagi «Anxor» attraksionlar bogʻida tuman yoshlari oʻrtasida sportning “Karting” turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Shuningdek, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish maqsadida tuman hokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamkorligida Shayxontohur tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabida 12-15 yosh toifasidagi oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sportning “Erkin kurash” turi boʻyicha musobaqa ham oʻtkazildi.

Tadbir yakuniga koʻra, gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *