Toshkent viloyati hokimligida viloyat sharafini munosib himoya qilgan bokschilar taqdirlandi

Bugun, 24 noyabr kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Toshkent viloyati sharafini munosib himoya qilgan sportchilarni taqdirlash bo‘yicha tadbir tashkil etildi.

Toshkent viloyati hokimligi binosida o‘tkazilgan mazkur tadbirda viloyat xokimi Rustam Xolmatov, Toshkent viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi Komiljon Adilov  va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati joriy yilning 30 oktyabr – 7 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Mazkur musobaqada Toshkent viloyatidan jami 37 nafar sportchilar ishtirok etib, ulardan 13 nafari g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan edi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra Toshkent viloyati bokschilari 3 ta oltin, 4 ta kumush hamda 6 ta bronza medallarni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni band etgan edi.

Bugungi tadbirda viloyat mutasaddilari g‘olib sportchilar bilan uchrashib, qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan samimiy qutlashdi. Tadbir so‘ngida sportchilar va ularning murabbiylari tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *