Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi kubogi musobaqalarining hududiy bosqichi gʻoliblari aniqlandi

Xabaringiz bor, bir qator sport turlari boʻyicha Toshkent viloyati boʻylab, “Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi kubogi” musobaqalariga start berilgan edi. Kecha mazkur musobaqalarning hududiy bosqichi oʻz yakuniga yetdi.

Toshkent viloyatida jismoniy tarbiya va sportni yana-da ommalashtirish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan musobaqalarda Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi sport taʼlim muassasalari xodimlari ishtirok etishdi. Musobaqalar sportning mini futbol, voleybol va stol tennisi turlari boʻyicha oʻtkazildi.

Musobaqaning hududiy bosqichlariga viloyatning Qibray, Boʻka tumanlari hamda Yangiyoʻl, Olmaliq shaharlari mezbonlik qilishdi.

Dastlab musobaqalar boshlanishidan oldin, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi targʻib qilish maqsadida musobaqa ishtirokchilari va aholi ishtirokida ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Shundan soʻng, sportning uch turi boʻyicha musobaqalar boshlandi. 400 ga yaqin xodimlar ishtirok etishgan mazkur musobaqalar yuqori darajada oʻtkazilib, keskin va qiziqarli bahslarga boy boʻldi. Musobaqa yakunlariga koʻra:

Mini futbol sport turi boʻyicha:

1. Olmalik shahri
2. Parkent tumani
3. Zangiota tumani
4. Oqqoʻrgʻon tumani.

Voleybol sport turi boʻyicha:

1. Oxangaron tumani
2. Yuqori Chirchiq
3. Yangiyoʻl shahri
4. Boʻka tumani.

Stol tennisi sport turi boʻyicha:

1. Oxangaron shahri
2. Parkent tumani
3. Chinoz tumani
4. Yangiyoʻl shahar
5. Oqqoʻrgʻon tumani.

Maʼlumot uchun, “Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi kubogi” musobaqalarining hududiy bosqichi gʻoliblari 19-sentyabr kuni Yuqori Chirchiq tumanida jam boʻlishadi. Shu kuni musobaqaning final bosqichi gʻoliblari aniqlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *