Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi taekvondo boʻyicha navbatdagi onlayn musobaqaga start bermoqda

Xabaringiz bor, kecha aholi oʻrtasida karantin davrida boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan viloyatdagi barcha sport ixlosmandlari uchun maxsus musobaqa tashkil etilayotgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu musobaqa Karatening “kata” yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilayotgan boʻlsa, boshqarma tomonidan ertaga, 20-aprel kuni yana bir onlayn musobaqaga start beriladi. Viloyatdagi barcha taekvondo ustalari uchun ham “Boshqarma kubogi” musobaqasi tashkillashtirilmoqda.

Bunda ishtirokchilar taekvondoning “pumse” yoʻnalishi boʻyicha oʻz iqtidorlarini namoyish etishlari kerak. Ushbu onlayn musobaqa 26-aprelga qadar davom etadi. Ushbu onlayn musobaqa karantin davrida Toshkent viloyati aholisining uy sharoitida sport bilan muntazam shugʻullanishni tashkil etishida muhim oʻrin tutadi.

“Boshqarma kubogi”da yoshi va jinsidan qatʼiy nazar Toshkent viloyatining barcha aholisi ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar “pumse” yoʻnalishida nimalarga qodir ekanliklarini isbotlagan holda maxsus video orqali +99893 6292470 raqamining telegram manziliga joʻnatishi zarur. Olingan video lavhada ishtirokchi haqida toʻliq maʼlumot berilishi shart.

Joʻnatilgan videolar musobaqa tashkiliy qoʻmitasi aʼzolari tomonidan koʻrib chiqiladi. Musobaqada ishtirok etib, 1-3 oʻrinni egallaganlar Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

1-oʻrin: Mikrotoʻlqinli pech
2-oʻrin: Tefal suv qaynatish qurilmasi
3-oʻrin: Karate sport jihozi.

Aziz Toshkent viloyati aholisi, karantin davrini oʻz uyingizda oʻtkazgan holda sport bilan shugʻullaning va Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tashkil etilayotgan onlayn musobaqalarda muntazam ishtirok etib, gʻolib boʻling!

Bu hali hammasi emas. Oldinda boshqa sport turlari boʻyicha ham qiziqarli onlayn musobaqalar sizni kutib turibdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *