
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻrtasida kurash boʻyicha “Viloyat xokimi kubogi” oʻtkazildi.
Buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan kurash sportining boy anʼanalari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish, oʻzbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirish, yoshlarning milliy sportga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilgan ushbu musobaqa Toshkent viloyat xokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
Musobaqada jami 100 nafardan ortiq ishtirokchilar 7 ta vazn toifasida gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdilar.
Musobaqaning yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati