Toshkent viloyatida ommaviy sport tadbirlari davom etmoqda

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi doirasida aholini barcha qatlamlarini doimiy ravishda jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ham muntazam ravishda korxona-tashkilot xodimlari va aholining barcha qatlamlarini sog‘lom turmush tarziga chorlovchi ommaviy sport tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

Yana bir shunday tadbirlardan biri OKMK sport majmuasida o‘tkazildi. Badantarbiya va piyoda yurish bo‘yicha o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda kombinatning barcha korxona va tashkilotlaridan ko‘ngillilar sifatida ishtirok etganlar soni 500 nafarga yaqin bo‘ldi.

Taʼkidlash joizki, bugungi pandemiya sharoitiga qaramasdan tadbir karantin tartiblariga rioya etgan holda tashkil etildi. Bu esa ishchi-xodimlar salomatligini yana-da mustahkamlashda nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *