Toshkent viloyatida ommaviy sport tadbirlari muntazam ravishda oʻtkazilmoqda

Mamlakatimizda karantin talablari yumshatilgach, aholining oʻz salomatligini mustahkamlash uchun jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarini olib borishlari uchun yana-da yaxshiroq imkoniyatlar yaratib berish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyatida ham tizimli ravishda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida barcha hududlarda ertalabki badantarbiya mashqlari tashkil qilinmoqda.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat hokimligi, viloyat tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda “Sogʻlom hayot uchun 5000 ming qadam”, piyoda yurish marafoni hamda sport musobaqalari oʻtkazildi.

Mazkur tadbirlarda viloyatdagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan besh yuzga yaqin aholi ishtirok etdi.

Respublikamiz boʻylab ommaviy sport tadbirlari doimiy ravishda oʻtkazib kelinmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *