Toshkent viloyatida veloshosse boʻyicha Oʻzbekiston kubogi start oldi

Bugun Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida veloshosse boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslari boshlandi.

Musobaqa Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun Respublika kalendar rejasiga muvofiq oʻtkazilmoqda.

Bugun start olib, 27-noyabrga qadar Toshkent viloyati trassalarida davom etadigan veloshosse boʻyicha oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston kubogida mamlakatimizning 10ta hududidan (Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan tashqari) jami 172 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahslarga kirishdi.

Oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasidagi mamlakat kubogi bahslari kelgusi mavsum uchun terma jamoa tarkibini shakllantirish, sportchilarimizning jismoniy holatini yana bir marotaba koʻzdan kechirish hamda iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida tashkil qilinmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *