Toshkentda eng kuchli qilichbozlar bahslashmoqda

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasining 2020-yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining Respublika kalendar rejasiga muvofiq bugun poytaxtimizdagi “Umid” sport majmuasida qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston kubogiga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimi koʻtarinki ruhda tashkil qilindi va unda MOQ prezidenti, Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov ham qatnashdi.

Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralab olish, iqtidorli va kuchli sportchilarni aniqlash maqsadida qilichbozlikning uchta yoʻnalishi (shpaga, rapira, sablya) boʻyicha kattalar oʻrtasida tashkil etilgan musobaqa 2-noyabrda boshlanib to 7-noyabrga qadar davom etadi.

Musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlari qilichbozlari oʻzaro kurash olib boradi.

Bugun musobaqaning shpaga yoʻnalishida yakkalik bahslarining gʻolib va sovrindorlari aniqlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *