Toshkentda uch qitʼa vakillari ishtirokida xalqaro qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkaziladi

Unda uch qitʼadan 5ta davlat, yaʼni Yevropadan Fransiya va Gruziya, Afrika qitʼasidan Misr hamda Osiyodan Qirgʻiziston va Oʻzbekiston dzyudochilari ishtirok etadi

Poytaxtimiz Toshkentda dzyudo boʻyicha 5ta davlat terma jamoalari ishtirokida xalqaro qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkaziladi. Bu haqda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar beradi.

Ushbu xalqaro qoʻshma oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinida yurtimiz polvonlari bilan birga dzyudo olamida oʻz oʻrniga ega davlatlar, jumladan Yevropa qitʼasidan Gruziya va Fransiya, Afrikadan Misr hamda Osiyo qitʼasi vakili Qirgʻiziston terma jamoalari ishtirok etadi.

Bugun erta tongda Gruziya terma jamoasining uch nafar vakili – Lukxumi Chkvimiani, Varlan Liparteliani va Levani Matiashvili poytaxtimizga yetib keldi. Avvalroq, Guram Tushishvili va Zebeda Rexviashvili Toshkentga yetib kelgan, hatto mashgʻulot oʻtkazishga ham ulgurishgandi. Shuningdek, Gruziya delagatsiyasi tarkibidan Ambako Avaliani, Avtandil Telia (ikkisi ham murabbiy) hamda Avtandil Kobaxidze (shifokor) ham oʻrin olgan.

Gruziya terma jamoasi tarkibi:

-60 kg: Lukxumi Chkvimiani (reytingdagi oʻrni 9, 3 586 ochko)

-81 kg: Zebeda Rexviashvili (98-oʻrin, 323 ochko)

-100 kg: Varlan Liparteliani (5-oʻrin, 4 796 ochko)

+100 kg: Guram Tushishvili (4-oʻrin, 5 125 ochko)

+100 kg: Levani Matiashvili (23-oʻrin, 2 038 ochko)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *