
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020 uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq, 15-dekabrdan boshlab trampolin boʻyicha terma jamoa aʼzolari oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda.
Mazkur oʻquv-mashgʻulot yigʻini 28-dekabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
Namangan viloyati gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida tashkil etilgan mazkur oʻquv-mashgʻulot yigʻinida 30 nafar sportchilar toʻrtta murabbiy qoʻl ostida mashgʻulotlarda ishtirok etmoqda.
Ushbu oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad joriy yilning 21-26-dekabr kunlari oʻtkaziladigan Oʻzbekiston chempionati hamda kelasi yil boʻlib oʻtadigan xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati