Tugʻilgan kun muborak!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Xamidullayevich Nabiyev 42 yoshga toʻldi.

Dilmurod Nabiyev 1978-yil 20-sentyabrda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1995-2001-yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan, iqtisod fanlari doktori, dotsent.

Mehnat faoliyatini esa Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan boshlagan. 2010-2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmatida yetakchi konsultant, 2011-2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari xizmatida bosh konsultant,
2014-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

2016-2017-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, soʻngra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, 2018-yil 1-avgustdan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimida ishlab kelmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi hamda keng sport jamoatchiligi Dilmurod Nabiyevni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etgan holda u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va mehnat faoliyatida hamisha muvaffaqiyat yor boʻlishini tilab qoladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *