Tugʻilgan kun muborak!

Bugun Oʻzbekiston Taekvon-Do (ITF) milliy assotsiatsiyasi prezidenti Hasanov Laziz Saydivaliyevich 52 yoshga toʻldi.

Laziz Hasanov 1968-yil 25-noyabrda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Yoshligidan sportga qiziqqan va taekvondoning ITF yoʻnalishi bilan shugʻullanib, maʼlum yutuqlarga erishgan. Maʼlumoti oliy, Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi harbiy zaxira va loyihalash uyushmasi muhandisi sifatida boshlagan. Keyinchalik xususiy korxona rahbari, “Turon” bankida boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlaydi. Ammo, baribir sportga boʻlgan qiziqish kuchlilik qilib, 2002-yildan Oʻzbekiston Taekvon-Do (ITF) Milliy assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, 2011-yildan ushbu tashkilot rahbari sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

L.Hasanov 2019-yildan buyon Butunjahon yakkakurashlar federatsiyasi W.A.S.C.Oning birinchi vitse-prezidenti sifatida xalqaro sport tashkilotida ham Oʻzbekiston manfaatlarini himoya qilib kelmoqda.

Oilali, ikki nafar farzandning mehribon otasi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Laziz Hasanovni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusi faoliyatida hamisha omad yor boʻlishini tilaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *