Tugʻilgan kun muborak!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari Murotov Nodir Xoʻjamqulovich 41 yoshga toʻldi.

Nodir Murotov 1979-yil 17-sentyabr kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida dunyoga kelgan. Maʼlumoti oliy, avvaliga Guliston davlat universiteti, soʻngra Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Iqtisodchi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar magistri mutaxassisligiga ega.

Nodir Xoʻjamqulovich mehnat faoliyati davomida Respublika taʼlim markazi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Moliya vazirligida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2019-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Nodir Xoʻjamqulovich Murotovni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etgan holda u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va kelgusi faoliyatida hamisha omad yor boʻlishini tilaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *