#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenjida gʻolib boʻlgan Toshkent viloyati vakiliga qimmatbaho sovgʻa yetkazildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan karantin davrida yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shugʻullanishni targʻib qilish maqsadida #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenjini eʼlon qilgan edi. Joriy yilning 3-avgust kunidan boshlangan chellenjda qatnashish orqali yurtdoshlarimiz nafaqat oʻz salomatligini mustahkamlaydi, balki qimmatbaho sovgʻalarni yutib olish imkoniyatiga ham ega boʻlishmoqda.

17-23-avgust kunlari oʻtkazilgan mazkur chellenjning navbatdagi gʻoliblari aniqlandi. Ushbu turda 1-oʻrinni Toshkent viloyatining Piskent tumani, “Birlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Abduvohidovlar oilasi qoʻlga kiritgan edi.

Gʻoliblarga chellenjning qimmatbaho sovrini – velotrenajyorni Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Jamoliddin Saʼdullaxoʻjayev topshirdi. Oilaga chellenj davomida koʻrsatgan faolligi uchun minnatdorlik bildirildi.

#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! sport chellenjida ishtirok eting va qimmatbaho sovrinlarni qoʻlga kiriting.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *