#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenji gʻoliblariga sovgʻalar yetkazib berildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi BMTning Markaziy Osiyodagi Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenjida ilk gʻoliblar aniqlangani haqida xabar bergandik.

Eslatib oʻtamiz, dastlabki uch kunda chellenjga kelgan 800dan ortiq videomateriallar orasida 1-oʻringa navoiylik Dmitriy Xvalchevlar oilasi loyiq koʻrilgandi.

2-oʻringa opa-singillar Shabnam va Madina Norpoʻlatovalar ishtirokida tasvirga olingan video sazovor boʻldi.

3-oʻrinni esa biryoʻla ikki oila vakillari – navoiylik Roʻziyevlar hamda andijonlik Shiriyevlar oilasi qoʻlga kiritishdi.

Bugun #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenjining ilk gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan oʻzlariga atalgan qimmatbaho sovgʻalar, yaʼni sport anjomlarini qabul qilib olishdi.

Darvoqe, yurtdoshlarimiz uchun #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenjida qatnashish qulay boʻlishi uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Feysbukdagi rasmiy kanalida Uyda qol! Hayotga qoʻshil! sahifasi, Instagram kanalida esa #sportchallenge sahifalari ham ochildi. Endi siz oʻz video materiallaringizni ushbu sahifalar orqali ulashish imkoniyatiga ega boʻldingiz. Shu bilan birga Telegram messenjerida ochilgan https://t.me/uydaqol_hayot guruhi ham ishlab turibdi.

Aziz yurtdoshlar, chellenjda faol ishtirok eting va qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiriting. Unutmang, agar siz ilk gʻoliblar safidan chetda qolgan boʻlsangiz, bu sizning tanlovda boshqa ishtirok etmasligingizni bildirmaydi. Demak, sizda hali gʻolib boʻlish uchun imkon bor.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *