Vazirlikda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Bugun ZOOM platformasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan oʻquv-seminar tashkil etildi.

Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan vazir oʻrinbosari N.Murotov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligidan agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Z.Bozorov, boshqarma boshligʻi B.Noʻmonova, bosh mutaxassis A.Duvlonov va boshqalar ishtirok etdi.

Oʻquv-seminarda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 259-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, hududlarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida oʻzaro fikr almashildi.

Seminar davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga mutasaddilardan tegishli javoblarni olishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *