Vazirlikda “Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunning ijrosi muhokama qilindi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida kengaytirilgan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ijrosi muhokama qilindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari Nodir Murotov raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boshqarma prokurori Murodulla Tursunmetov, vazirning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Zokir Rasulov, vazirlik boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, hududlarning markaziy tuman(shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlim boshliqlari, barcha turdagi sport taʼlim muassasalari va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi PF–6084-sonli “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni doirasida kelgusida vazirlik hamda vazirlik tizimidagi muassasa va tashkilotlarda amalga oshiriladigan vazifalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2020-yil 30-oktyabrdagi 10.1/10-20-133-sonli “Qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida”gi taqdimnoma muhokama etildi.

Videoselektor yigʻilishida kelgusida ish yuritish jarayonida oʻzbek tilining imlo qoidalariga jiddiy eʼtibor qaratish borasida tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *