
2020-yilning 19-24-oktyabr kunlari velosiped sportining shosse yoʻnalishi boʻyicha Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi.
Mazkur musobaqadan koʻzlangan asosiy maqsad, turli yosh toifalaridagi terma jamoalarning tarkibini shakllantirish, ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlashdan iboratdir.
Oʻz navbatida ushbu musobaqa milliy terma jamoani shakllantirish uchun seleksiya vazifasini oʻtaydi.