Velotrek boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yakunlandi

Poytaxtimizda velotrek boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻz yakuniga yetdi. 26-oktyabr kuni start olgan ushbu musobaqa davomida Respublikamizning eng sara trek ustalari bor mahoratlarini namoyish qilishdi.

Chempionatning soʻnggi kunida sportchilarimiz guruh poygasida va git yoʻnalishida bahs olib borishdi.

Ochkolar boʻyicha guruh poygasi. Erkaklar

1. Murodjon Xolmurodov

2. Danil Yevdokimov

3. Aleksey Fomovskiy

Ochkolar boʻyicha guruh poygasi. Yoshlar

1. Dmitri Sirko

2. Botirjon Ismatov

3. Begzod Rahimboyev

Ochkolar boʻyicha guruh poygasi. Ayollar

1. Renata Baymetova

2. Anna Kulikova

3. Shaxnoza Abdullayeva

Ochkolar boʻyicha guruh poygasi. Qizlar

1. Margarita Misyurina

2. Yevgeniya Golotina

3. Kuskova Anna

Git. Erkaklar

1. Danil Yevdokimov

2. Ulugʻbek Saidov

3. Roman Shukurov

Git. Yoshlar

1. Umidjon Baxtiyarov

2. Timur Abduxakimov

3. Ravshan Ischanov

Bahslar yakunida gʻolib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ mutasaddilari, “Asaka bank” ATB va Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbariyati hamda sport jamoatchiligi va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *