Voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasida XXVII Oʻzbekiston chempionatining 2-tur bahslari yakunlandi

Jizzax shahri mezbonligida oʻtkazilgan voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasida XXVII Oʻzbekiston chempionati 2-tur musobaqalari oʻz nihoyasiga yetdi.

Joriy yilning 28-sentyabr kuni start berilgan ushbu musobaqada Andijon, Buxoro, Xorazm, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidan jami 8 ta jamoa ishtirok etdi.

Bahslar Jizzax shahri markazidagi “Istiqlol” universal sport majmuasida yuqori saviyada boʻlib oʻtdi.

Birinchi kun yakunlariga koʻra quyidagi natijalar qayd etilgan:

“Yoshlik” (Buxoro) 0-3 “SKUF” (Toshkent v.)

“Urganch OZK” (Xorazm) 0-3 “Boʻsmton” (Andijon)

“NDPI” (Qoraqalpogʻiston R.) 3-0 “JDPI” (Jizzax)

“Jizzax” (Jizzax) 3-1 “NamDU” (Namangan)

Ikkinchi kun yakunlariga koʻra quyidagi natijalar qayd etilgan:

“NamDU” (Namangan) 2-3 “NDPI” (Qoraqalpogʻiston)

“Boʻsmton” (Andijon) 3-0 “Yoshlik” (Buxoro)

“JDPI” (Jizzax) 3-1 “Urganch OZK” (Xorazm)

“SKUF” (Toshkent v.) 2-3 “Jizzax” (Jizzax)

Uchinchi kun yakunlariga koʻra quyidagi natijalar qayd etilgan:

“Urganch OZK” (Xorazm) 0-3 “NamDU” (Namangan)

“NDPI” (Qoraqalpogʻiston) 1-3 “SKUF” (Toshkent v.)

“Yoshlik” (Buxoro) 3-1 “JDPI” (Jizzax)

“Jizzax” (Jizzax) 0-3 “Boʻsmton” (Andijon)

Toʻrtinchi kun yakunlariga koʻra quyidagi natijalar qayd etildi:

“Boʻsmton” (Andijon) 1-3 “NDPI” (Qoraqalpogʻiston)

“SKUF” (Toshkent) 3-0 “Urganch OZK” (Xorazm)

“NamDU” (Namangan) 3-0 “Yoshlik” (Buxoro)

“JDPI” (Jizzax) 1-3 “Jizzax” (Jizzax)

Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra umumiy hisobda yuqori natijalarni qayd etgan “NDPI” (Qoraqalpogʻiston), “SKUF” (Toshkent v.), “Boʻsmton” (Andijon) hamda “Jizzax” (Jizzax) jamoalariga voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasida XXVII Oʻzbekiston chempionatining final bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *