Voleybol boʻyicha erkaklar va ayollar terma jamoalarining yigʻinlari qizgʻin davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun Respublika kalendar rejasiga muvofiq, shu yilning 27-noyabridan boshlab erkaklar hamda ayollar terma jamoalarimiz navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishgan.

Erkaklar termasi Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida yigʻin oʻtkazmoqda. Mazkur oʻquv-mashgʻulotlar yigʻiniga terma jamoa bosh treneri Muhiddin Shodmonov tomonidan 23 nafar sportchimiz jalb qilingan.

Mashgʻulotlarda asosiy eʼtibor sportchilarning jismoniy va funksional holatini yaxshilashga qaratilmoqda.

Ayollar terma jamoamiz esa bosh trener Muzaffar Yadgarov boshchiligida Namangan shahriga toʻplanishgan. Bu yerda ham mashgʻulotlarga 23 nafar sportchi chaqirilgan.

Har ikki terma jamoaning oʻquv-mashgʻulotlar yigʻini karantin qoidalari asosida tashkil etilgan boʻlib, oʻquv-mashgʻulotlar yigʻini 17-dekabrda yakunlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *