Voleybol: Oʼzbekiston superkubogida ayollar musobaqani yakunladi, erkaklar oʼrtasida esa ertaga gʼolib nomi aniq boʼladi

Аvval xabar berganimizdek Toshkent davlat transport universiteti sport zalida voleybol boʼyicha erkaklar va ayollar oʼrtasida Oʼzbekiston superkubogi uchun musobaqa boshlangan edi. Unda joriy yilgi mamlakat chempionlari hamda kubogi sohiblari oʼzaro kuch sinashmoqda.

Аyollar oʼrtasida Oʼzbekiston chempioni boʼlmish Qoraqalpogʼiston Respublikasi terma jamoasi dastlabki oʼyinda mamlakat kubogi finalchisi Jizzax viloyati termasi ustidan ishonchli gʼalabaga erishgan edi – 3:0. Bugun boʼlib oʼtgan ikkinchi kun bahslarida ham ushbu jamoalar bahs olib borishdi. Qizgʼin va murosasiz kechgan oʼyinda qoraqalpogʼistonlik qizlarning qoʼli yana bir bor baland keldi (3:0) va Oʼzbekiston superkubogini qoʼlga kiritishdi.


Erkaklar oʼrtasida esa OTMK jamoasi hamda Samarqandning “Oʼztelekom” jamoasi oʼzaro bahs olib bormoqda. Birinchi oʼyinda chempionatning oltin medallarini qoʼlga kiritgan OTMK jamoasi voleybolchilari mamlakat kubogi sohibi Samarqandning “Oʼztelekom” jamoasi ustidan – 3:1 hisobi bilan gʼalaba qozongan edi. 

Bugun boʼlib oʼtgan uchrashuvda Samarqandning “Oʼztelekom” jamoasi kechagi magʼlubiyatdan kerakli hulosa chiqargan koʼrinadi raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – 0:3. Endi jamoalar ertaga hal qiluvchi bahslarga kirishadi. Umumiy hisob hozircha 1:1 boʼlib turibdi. 26 dekabrь kuni boʼlib oʼtadigan bahsda gʼalaba qozongan jamoa erkaklar oʼrtasida Oʼzbekiston superkubogini qoʼlga kiritadi.

Shuningdek, voleybol sportiga oʼz hissalarini qoʼshib kelayotgan bir qator murabbiylar diplom va estalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.


Barcha voleybolga qiziquvchilarni Toshkent davlat transport universiteti sport zali taklif qilamiz. 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *