Voleybol: Toshkentda Oʻzbekiston superkubogi uchun oʻyinlar boshlandi, ertaga gʻoliblar aniq boʻladimi?

Bugun Toshkent davlat transport universiteti sport zalida voleybol boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston superkubogi uchun musobaqa boshlandi. Unda joriy yilgi mamlakat chempionlari hamda kubogi sohiblari oʻzaro kuch sinashmoqda.

Ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni boʻlmish Qoraqalpogʻiston Respublikasi terma jamoasi dastlabki oʻyinda mamlakat kubogi finalchisi Jizzax viloyati termasi ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi – 3:0.

Erkaklar oʻrtasida chempionatning oltin medallarini qoʻlga kiritgan OTMK jamoasi voleybolchilari esa mamlakat kubogi sohibi Samarqandning «Oʻztelekom» jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – 3:1.

Ertaga superkubok bahslarining ikkinchi oʻyinlari oʻtkaziladi. Agar ayollar oʻrtasida qoraqalpogʻistonliklar gʻalaba qozonishsa, erkaklar oʻrtasida esa OTMK voleybolchilarining qoʻli baland kelsa, u holda shanba kungi oʻyinlarga ehtiyoj qolmaydi, musobaqaga yakun yasaladi.

Shuningdek, ertaga voleybol ixlosmandlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” ham oʻtkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *