Xorazmdagi davlat – xususiy sherikchilik asosida qurilgan sport maydonlari qay holatda?

Joriy yilda Urganch shahridagi mavjud 29ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 12tasida zamonaviy sport maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Shu kunlarda Xorazm viloyatida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov Urganch shahridagi umumtaʼlim maktablarida davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan sunʼiy qoplamali sport maydonchalarining holati, ularda oʻquvchi yoshlarning sport bilan shugʻullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi hamda bu borada alohida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar borasida oʻz tavsiyalarini berdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimovga safar davomida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev hamrohlik qildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *