Yakunlanishiga ikki hafta qolgan chellenjning navbatdagi g‘oliblari bilan tanishing

Yurtdoshlarimizni uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanishga jalb etish maqsadida tashkil etilgan #uydaqol! #hayotgaqo‘shil! #sportchallenge chellenjida navbatdagi bosqich yakunlandi.

Tanlovga 16-22 noyabr kunlari ham ko‘plab videoroliklar kelib tushdi. Chellenj g‘oliblarini aniqlash va taqdirlash bo‘yicha Hakamlar hayʼati xulosasiga ko‘ra bu safar quyidagi videoroliklar g‘olib deb topildi:

Chellenjning 1-o‘rini Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi Aziza Nurmatova tomonidan yuborilgan videoga nasib etdi.

2-o‘ringa Toshkent shahridan Ravshanovlar oilasi tomonidan tayyorlangan o‘ziga xos videorolik loyiq ko‘rildi.

3-o‘ringa bu safar ham ikkita oila vakillari sazovor bo‘ldi. Unga ko‘ra Qosimovlar oilasi tomonidan olingan video hamda chellenjda faol qatnashib kelayotgan Toshkent shahrida istiqomat qilib kelayotgan Begmatovlar oilasi yuborgan video g‘oliblar ro‘yxatini yakunlab berdi.

Aziz yurtdoshlar, #uydaqol! #hayotgaqo‘shil! #sportchallenge chellenji hamon davom etmoqda. Shunday ekan, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanib, uni videoga olgan holda chellenjga yuboring va g‘oliblar safida eʼtirof etiling.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *