“Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash!” gʻoyasi ostidagi targʻibot tadbirlari Qarshi tumanida ham tashkil etildi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida ham “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash!” gʻoyasi asosida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Bu borada ayniqsa, turli sport musobaqalari hamda sportchilarning chiqishlari targʻibot tadbirlarining oʻziga xos bezagi boʻlmoqda.

Jumladan, kecha tumandagi Madaniyat markazi, tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi hamda mahallalarda oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari xalqimizning kayfiyatini yana-da koʻtardi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashkiliy masalalar va kadrlar boʻyicha Davlat maslahatchisi oʻrinbosari Qahramon Quranboyev, Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev, Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyeva hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi v.v.b. Zafarjon Mamadaliyev va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.
 

Tadbirda sportning stol tennisi, dzyudo, boks, voleybol, shaxmat, taekvondo va milliy sport oʻyinlaridan tosh koʻtarish hamda arqon tortish turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etildi. Shuningdek, rahbarlar sport maktabida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishib, bu yerdagi toʻgaraklar faoliyatini koʻzdan kechirishdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqalar soʻngida gʻolib va sovrindorlar hamda faol ishtirok etgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *