“YANGI OʻZBEKISTON – YANGICHA DUNYOQARASH”

Mamlakatimizda Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida xalq manfaatlariga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Yoshlarni madaniyat, sanʼat va jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targʻib etish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus hayotga samarali tatbiq etilmoqda.

Ushbu tadbirlarning mazmun mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish, targʻibot tadbirlarini ommaviy ravishda tashkil qilish va oʻtkazish, aholi kayfiyatini yana-da koʻtarishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish anʼana tusiga kirib bormoqda.

Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 40-maktab binosida tashkil etilgan “YANGI OʻZBEKISTON – YANGICHA DUNYOQARASH” mavzusida madaniy-maʼrifiy koʻngilochar tadbir ham ana ezgu ishlarning davomi boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Tadbirda yozuvchi, shoirlar, elimizning sevimli sanʼatkorlari chiqishlari, yurtdoshlarimizda mamlakatimizdagi oʻzgarishlarga daxldorlik tuygʻusini yana-da kuchaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Oʻzbek milliy akademik drama teatri ustalari tomonidan sahnalashtirilgan Jaloliddin Manguberdi spektaklidan parcha va Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman oʻsha” qoʻshigʻi barcha yigʻilganlarga bayramona kayfiyat taqdim etdi.

Ogʻir atletika boʻyicha Olimpiyada oʻyinlari gʻolibi, Olimpiada rekordchisi, Jahon chempioni Ruslan Nuriddinov va Tayekvondo boʻyicha Jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni Dmitriy Shokinlar ham tadbir davomida soʻzga taklif etildi.

Ular sportga kirib kelishi, mashgʻulotlar jarayonidagi oʻziga xos qiziqarli voqealar va musobaqalarda gʻoliblik onlari, yurtimizda sportga va sportchilarni qoʻllab quvvatlash borasidagi islohotlar haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.

“Vatanni sevmoq – iymondandir” gʻoyasi bilan yoʻgʻrilgan mazkur tadbir namuna sifatida olinib endilikda shu formatda Respublikamizni barcha hududlarida tashkil etiladigan boʻldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *