Yurt qahramon oʻgʻlonini kutganda

Bugun tongda super oʻrta vazn toifasida WBO Intercontinental va WBA Continental Americas kamarlari sohibi, Olimpiyada oʻyinlari sovrindori, koʻp karra Osiyo va Oʻzbekiston chempioni Bektemir Meliqoʻziyev AQSHdan yurtimizga qaytib keldi.

24 yoshli bokschimiz professional ringdagi faoliyatiga hali koʻp vaqt boʻlmagan boʻlsada bir yoʻla 2 ta kamarga egalik qilmoqda.

Yaqinda meksikalik Alan Kampa bilan koʻch sinashgan hamyurtimiz 2-raundda nokdaunt va 3-raundda nokaut hisobini qayd etib, professional boksdagi 6 jangini 6 gʻalaba va 5 nokaut bilan tantana qildi.

«Oʻzbekiston iftixori» iqtidorli sportchimizni kutib olishga Toshkent xalqaro aeroportiga, murabbiylar, Mudofaa vazirligi markaziy harbiy sport klubi rahbariyati va boks muxlislari tashrif buyurishdi.

Harbiy orkestr joʻrligida yurtimizning qahramon oʻgʻloni kutib olindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *