Asaka shahri kikboksing boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq joriy yilning 5-8-noyabr kunlari Andijon viloyatining Asaka shahrida kikboksing boʻyicha 2001-2007-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatiga boʻlib oʻtadi.

Mazkur birinchilikda mamlakatimizning 12ta hududidan 400dan ortiq yosh sportchilar qatnashishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati yosh kikboksingchilari musobaqani oʻtkazib yuboradigan boʻlishgan.

Musobaqaning ochilish marosimi 6-noyabr kuni soat 11:00ga belgilangan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *