Fargʻonada “Futbolimiz kelajagi” musobaqasining final bosqichi boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizda karantin talablari yumshatilgandan soʻng boshqa sohalar kabi sport sohasida ham faoliyat qayta tiklanib, bu borada ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

Jumladan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan bir qator sport tadbirlari oflayn (anʼanaviy shaklda) tashkil etila boshlandi.

Joriy yilning 7-sentyabridan eʼtiboran “Mahallada futbol”, “Futbolimiz kelajagi”, “Charm toʻp”, “Rahbar kubogi” hamda “Hokim kubogi” futbol musobaqalarining viloyat bosqichiga start berildi.

Bugun Fargʻona viloyatida “Futbolimiz kelajagi” musobaqasining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Dastlab musobaqaning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng musobaqaga start berildi.

Mazkur musobaqa Fargʻona viloyati Margʻilon shahridagi sport majmuasida tashkil etildi. Ushbu musobaqaga 4 ta yosh toifasida, 4 ta hududdan 16 ta jamoa birinchilik uchun kurash olib bordi.

Qizgʻin va murosasiz oʻtgan bahslar natijalari quyidagicha:

Toʻqqiz yoshlilar:

1-oʻrin. Uchkoʻprik tumani “Chorbogʻ” MFY

2-oʻrin. Quvasoy tumanining “Doʻstlik” MFY

3-oʻrin. Yozovon tumanining “Xonobod” MFY.

Oʻn yoshgacha boʻlganlar:

1-oʻrin. Margʻilon shahrining «Goʻriavval» MFY

2-oʻrin. Oltiariq tumanining “Oltiariq” MFY

3-oʻrinni nizomga muvofiq Fargʻona tumanining «Joydam» MFY va Furqat tumanining “Ingichka” MFY jamoalari egalladi.

Oʻn bir yoshlilar:

1-oʻrin. Margʻilon shahar “«Goʻriavval» MFY

2-oʻrin. Furqat tuman ““Ingichka” MFY

3-oʻrinni nizomga muvofiq Buvayda tumanining “Yangiqoʻrgʻon” MFY jamoasi hamda Quvasoy tumanining “Boʻston” MFY yoshlari egalladi.

Oʻn ikki yoshlilar:

1-oʻrin. Uchkoʻprik tumani “Sulton” MFY

2-oʻrin. Fargʻona tuman “Kaptarxona” MFY

3-oʻrinni nizomga muvofiq Dangʻara tumani «Pishqaron» MFY hamda Qoʻshtepa tumanining “Qorajiyda” MFY jamoalari munosib koʻrildi.

Musobaqaning gʻolib va sovrindorlari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlab oʻtmoqchimiz ertaga “Mahallada futbol” musobaqasining Fargʻona viloyat bosqichining final bahsi boʻlib oʻtadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *