Futbol: “Hokim kubogi” musobaqasi yakunlandi

Joriy yilning 4-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor majlisida turli vazirlik va idoralar oldiga qoʻyilgan aniq vazifalardan biri sifatida xodimlarni madaniy va sport klublari atrofiga birlashtirish, shuningdek ular oʻrtasida turli sport musobaqalarini tashkil etish belgilangan edi.

Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar Uchtepa tumanida faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlar xodimlari oʻrtasida mini-futbol boʻyicha “Hokim kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Bugun boʻlib oʻtgan final bahsida tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamda tuman xalq taʼlimi jamoalari oʻzaro bahs olib borishdi.

Qizgʻin va murosasiz kechgan final uchrashuvida tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi jamoasi 4-2 hisobi bilan gʻalabaga erishdi.

Uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda Uchtepa tuman hokimiyat jamoasi yoshlar ittifoqi jamoasini 2-0 hisobi bilan yenggan holda faxrli uchinchi oʻrinni oʻzlariniki qilishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra musobaqa gʻolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *