Gran Prix Zagreb Open. Ikki nafar sportchimiz oltin, uch kishi esa bronza medali uchun gilamga chiqadi

Kecha Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi boʻyicha mavsumning ilk rasmiy musobaqasi – Gran Prix Zagreb Open 2021 turniri boshlandi.

Dunyoning oʻttizga yaqin davlatidan yunon-rum kurashi ustalari ishtirok etayotgan musobaqada yurtimiz sport sharafini Ravshan Roʻziqulov murabbiyligidagi polvonlarimiz munosib himoya qilishyapti. 

Kecha oʻtkazilgan saralash bellashuvlaridan soʻng medallar uchun gilamga chiqadigan kurashchilar nomi maʼlum boʻldi. 

Quvonarlisi, bugun boʻladigan final bosqich bahslarida terma jamoamizning besh nafar aʼzosi Zagreb Gran-Pri turniri medallari uchun gilamga chiqadi.

-60 kg vazn toifasidagi kurashchimiz, Osiyo chempioni Islom Bahromov finalda turkiyalik Axmet Uyarga qarshi bahs olib boradi. 

-55 kg vazndagi vakilimiz Jasurbek Ortiqboyev germaniyalik Fabian Shmittga qarshi gilamga chiqadi. Agar u gʻalaba qozonsa, oltin medalni qoʻlga kiritadi. Shu vazndagi yana bir kurashchimiz Ilhom Bahromov italiyalik Jovanni Frenini yutgan taqdirda kumush medalga ega chiqadi. Bu vaznda ishtirokchilar soni kam boʻlgani bois, bellashuvlar aylana tizimda oʻtkazildi. 

Feruz Toʻxtayev, Mirzobek Rahmatov va Aram Vardanyan esa Zagreb Gran-Prisining bronza medallari uchun gilamga chiqishadi. Birgina Rahmatov oʻtish bellashuvida ishtirok etadi. Uning raqibi italiyalik Franchesko Bellino boʻladi. Ushbu juftlik gʻolibi bronza medali uchun moldovalik Doniyor Islamovga qarshi bahs olib boradi. 

OLTIN MEDAL UCHUN

-60 kg: Islomjon Bahromov (Oʻzbekiston) – Axmet Uyar (Turkiya)

-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev (Oʻzbekiston) – Fabian Shmitt (Germaniya)

BRONZA MEDAL UCHUN

-60 kg: Feruz Toʻxtayev (Oʻzbekiston) – Aleksander Bisa (Shvetsiya)/Micha Trash (Polsha)

-67 kg: Doniyor Islamov (Moldova) – Mirzobek Rahmatov (Oʻzbekiston)/Franchesko Bellino (Italiya)

-72 kg: Aram Vardanyan (Oʻzbekiston) – Mikko Peltokangas (Finlyandiya)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmatiJismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *