Hamdardlik bildiramiz

Oʻzbek sporti fidoyisi, mamlakatda futbolni rivojlantirish yoʻlida koʻp yillar jonkuyarlik koʻrsatgan futbol faxriysi Narimon Jalolov 89 yoshida vafot etdi.

Narimon Jalolov 1931-yil 23 sentayabr kuni tugʻilgan. U bolaligidan futbol bilan jiddiy shugʻullangan. Toshkentning “Spartak” jamoasi safida toʻp surib, qator yutuqlarni qoʻlga kiritgan edi.

Narimon Jalolov futbolchilik faoliyatidan soʻng, 1968-yildan boshlab Toshkentning “Paxtakor” klubida avval turli lavozimlarda, soʻng jamoa rahbari lavozimida mehnat qilgan.

Narimon Jalolov mamlakatimizda futbolni keng ommalashtirish va rivojlantirish yoʻlida beqiyos xizmatlarni koʻrsatdi. Uning tashabbusi bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida futbol stadionlari qurilgan.

Narimon Jalolov 1992-yilda Oʻzbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga saylangan. U soʻnggi yillarda OʻFA qoshidagi Faxriylar kengashiga raisilik qilib kelayotgan edi.

Narimon Jalolovning sportimiz yoʻlida koʻrsatgan xizmatlari munosib taqdirlanib, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy” faxriy unvoni hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *