“Mahallada futbol”: Fargʻona viloyati boʻylab hududiy bosqich yakunlandi

Mamlakatimizda karantin talablari yumshatilgandan soʻng boshqa sohalar kabi sport sohasida ham faoliyat qayta tiklanib, bu borada ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

Jumladan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan bir qator sport tadbirlari oflayn (anʼanaviy shaklda) tashkil etila boshlandi.

Joriy yilning 7-sentyabridan eʼtiboran “Mahallada futbol”, “Futbolimiz kelajagi”, “Rahbar kubogi” hamda “Hokim kubogi” futbol musobaqalarining viloyat bosqichiga start beriladi. Shu kunlarda musobaqalarning hududiy bosqichida gʻoliblar aniqlanmoqda.

Kecha Fargʻona viloyati boʻylab “Mahallada futbol” sport musobaqasining hududiy bosqichi oʻtkazildi va viloyat bosqichiga yoʻl olgan jamoalar nomiga aniqlik kiritildi.

Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va viloyat futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan musobaqalarda 200 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi. Musobaqalar hududlardagi Tibbiyot birlashmalari hamda Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazlarining tegishli xodimlari nazorati ostida toʻliq karantin qoidalariga amal qilgan holda tashkil qilindi.

Musobaqaning gʻolib va sovrindorlari hamkor tashkilotlarning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *